Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Rasmiy munosabat

  • Qog'ozga chop etish

Ijtimoiy tarmoqda "Yoshlar daftari" - "Va'dalar daftarimi?" nomli sarlavha bilan tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Bog‘ot tumani, Nurli maskan mahallasida yashovchi fuqaro Qo‘ziboyeva Munira Murodjon qizi tomonidan “Online-mahalla.uz” elektron platformasi orqali subsidiya asosida elektropechka olish uchun 2023-yil 24-oktabr sanasida 583204-sonli ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatiga mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan 2024-yil 25-oktabr sanasida rejalashtirgan faoliyatni amalga oshirish uchun subsidiya mablag'ini ajratish maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi 36-sonli tavsiyanoma berilganligini, 2024 yil 31-oktabr iyun sanasida Markaz rahbarining 1904-sonli xulosasi berilganligini hududiy bosh boshqarma Moliyaviy ko'mak bo'limining 2024-yil  20-noyabr sanasida subsidiya ajratish to'g'risidagi 10872-sonli buyrug'i chiqqanini ma'lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli Qarorining 14-bandiga muvofiq Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tugatilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4-oktabrdagi 347-sonli farmonining 3-bandida muvofiq Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatilganligi sababli, hozirda bandlik organlari tomonidan subsidiyalar ajratilishi to‘xtatilganligi sababli fuqaroning uskunasi berilmasdan qolgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi 64-sonli qarorining 1.1 bandiga asosan aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reestri va Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalar (keyingi o‘rinlarda - kambag‘al oilalar) a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etilganligi, endi asbob-uskunalar ssuda asosida ajratilishi to'g'risida bildiramiz.



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?