Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

Rasmiy munosabat

  • Qog'ozga chop etish

Ijtimoiy tarmoqda “Yoshlar daftari” – “Va’dalar daftari”mi? sarlavhasi bilan tarqalgan Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro Qo‘ziboyeva Muniraning subsidiya asosida elektropechka olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
 
Bog‘ot tumani, Nurli maskan mahallasida yashovchi Qo‘ziboyeva Munira Murodjon qizining subsidiya asosida elektropechka olish uchun yo‘llagan arizasiga tegishli tashkilot vakillari tomonidan ijobiy xulosa berilgan, biroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli qarorining 14-bandiga muvofiq Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tugatilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4-oktabrdagi 347-sonli farmonining 3-bandiga muvofiq Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatilganligi, hozirda bandlik organlari tomonidan subsidiyalar ajratilishi to‘xtatilganligi sababli fuqaroning arizasida ko‘rsatilgan uskunasi berilmasdan qolgan.
 
Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 64-sonli qaroriga ko‘ra, hokim yordamchilari tavsiyasi asosida subsidiya ajratish belgilangan biroq, bugunga qadar subsidiyasi ajratilmagan arizalar bekor qilinishini, Mahallabay agentiligi boshqarmalari tomonidan subsidiya ajratish bo‘yicha chiqargan buyrug‘i asosida bugunga qadar asbob uskunasi kelishini kutayotgan fuqarolarga subsidiya ajratilmasligini, arizasi bekor qilinayotgan fuqarolar qaytadan ariza berishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Bog'ot tumani hokimligi axborot xizmati



Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Iyun     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?