Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Aholini ro‘yxatga olish ishlarining samarali va maqsadli tashkil etilishi hamda respondentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq shakllantirilishiga erishishda so‘rovnomalarning mazmuni muhim ahamiyatga ega.

    • Qog'ozga chop etish

    Aholini ro‘yxatga olish ishlarining samarali va maqsadli tashkil etilishi hamda respondentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq shakllantirilishiga erishishda so‘rovnomalarning mazmuni muhim ahamiyatga ega.  “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 21- moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishda amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati - аholini ro‘yxatga olish dasturi va uning tarkibi belgilab berilgan.  Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish ishlari ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqilgan quyidagi besh xil shakldagi so‘rovnomalar asosida olib boriladi: - turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar ro‘yxati, - shaxsga oid savolnoma, - O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma, - aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma, - vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasi.            Ushbu so‘rovnomalar asosida demografik ko‘rsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, ta’lim darajasi, uy xo‘jaligi a’zolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid ma’lumotlar shakllantiriladi. Ma’lumot o‘rnida: ro‘yxatga olish boshlanishining aniq payti 2023- yil 1- noyabr soat 00.00 etib belgilangan. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi esa - 25 kun. Respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ishda ro‘yxatga olish sanasidan, ya’ni 2023- yil 1- noyabrdan keyin sodir bo‘lgan demografik holatlar hisobga olinmaydi.                                             Alisher Jumaniyozov  Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?