Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    BOG'OT ELI UCHUN AJOYIB XUSHXABAR!

    • Qog'ozga chop etish

    2021-yil 5-dekabrda Xiva shahridagi Prezident maktabi va Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda, Respublikada ilk bor, Xorazm viloyatidagi maktab o’quvchilari o’rtasida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinining 2-bosqichi SINXRON tarzda bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu turnirning Bog'ot tuman bosqichida 51 ta maktabning har biridan 6 nafardan jami 306 nafar iqtidorli o‘quvchilar qatnashib o'z intellektual bilimlarini sinovdan o'tkazishgan edi. Tuman bosqichi natijalariga ko'ra 92-IMI o'quvchilaridan iborat "PREZIDENT" jamoasi a'zolari faxrli 1-o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishgan edi. 2022-yil 20-fevral kuni bo'lib o'tgan Zakovatning viloyat bosqichi "BREYN-RING" o'yinlarida "PREZIDENT" jamoasi a'zolari viloyatimizdagi eng nufuzli 16-ta ta'lim muassasalari ichida Xorazm viloyati bo'yicha FAXRLI 1-O'RINNI qo'lga kiritishdi. Jamoa a'zolari bilan tanishing: 1. Saidmahmudov Abdulaziz Murodjon o'g'li2. Rustamov Chingizxon Alisherovich3. Bahromov Jaloliddin Xushnud o'g'li 4. Jumaboyev Muhiddin G'anijon o'g'li 5. Madaminov Bobur Xushnud o'g'li 6. Omonova Madinabonu O'tkir qizi Bu jamoaning murabbiysi Zakovat intellektual klubi Bog'ot tumani koordinatori Dilmurod Ro'zmetov hisoblanadi. Turnir Urganch shahridagi Yoshlar markazida bo'lib o'tdi. Bog'otlik yosh zakovatchilarga kelgusi o'qishlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?