Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Bog`ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibaevning O`zbek tili bayramiga bag`ishlangan tabrigi!!!

    • Qog'ozga chop etish

    Bog`ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibaevning O`zbek tili bayramiga bag`ishlangan tabrigi Assalomu alaykum aziz Bog`otliklar! Butun Respublikamiz bo`ylab zo`r shodiyonalar bilan nishonlanayotgan 21 oktyabr O`zbek tili bayrami kuni bilan siz aziz eldoshlarimni, otaxonu onajonlarimni, jajji o`g`il- qizlarimni va barcha barchangizni betakror ayyom bilan chin yuragimdan samimiy muborakbod etaman. Har bir inson qalbida Vatan muhabbati pinhona yashaydi. Mana shu mehr-muhabbatni nutqida ifodalash uchun esa unga o`z milliyligini aks ettira olgan ona tiliga ehtiyoj seziladi. O`zbek xalqi rasman 33 yildan beri mana shu baxtni bilib yashamoqda. Jahon minbarlaridan turib muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning o`zbek tilida nutq so`zlaganlarida har bir o`zbekistonlikning jismu joni faxr ila quvonchga to`ldi. O`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi, «Davlat tili haqida»gi qonunning qabul qilinishi, 21 oktyabrni «Til bayrami» sifatida nishonlashni belgilanishi, «O`zbek tilining Davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora- tadbirlari to`g`risida»gi Farmoninig qabul qilinishi, Davlat tili markazlarining tashkil etilishi yurtimizda tilga, davlat tiliga bo`lgan e’tiborning yuksak darajada ekanligini e’tirof etadi. Buni qaranki, tilimizning sofligi, uning rivoji, jamiyat hayotidagi o`rni va jahondagi nufuzini oshirish uchun yurtimizda sezilarli ishlar amalda yo`lga qo`yilgan. Til – bu inson kamolotining ko`zgusi, til millat ruhi. Til benihoya muqaddas va mo`’tabar ne’mat, u inson degan mavjudotni shakllantirgan, taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy komillikka boshlagan, ijtimoiy munosabatlarga yo`l ko`rsatgan, tafakkur qulflarini echgan, ilm yo`lida mayoq, zulmatlarda chiroq bo`lgan sehrli bir jilodir. Shuning uchun ham tilga hurmatsizlik, insoniyatning o`ziga bo`lgan behurmatligidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga, xususan, o`zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan e’tiborda bo`lgan, uni e’zozlab ardoqlagan, o`zbek tilining mukammalligi va betakrorligidan faxr-u iftixor qilgan. Bugun o`zbek tili dunyo tillari qatori jahonda o`z o`rni, obro` va maqomiga ega. Shu bilan birga bugun ona tilimiz imkoniyatlarini qay darajada namoyon eta olyapmiz, degan haqli savol ham borki, u har birimizni o`ylantirishi, mushohadaga tortishi, shu jumla qalbimizda isyon qilib turishi darkor. Biz kelajak avlodni tilimiz boyliklari bilan ta’minlashimiz, til xazinamizning nodir merosini saqlab turgan asarlarimizni yoshlarga kengroq o`rgatish lozim. O`zbek tili boyligini yaxlit holda tasavvur etish uchun o`zbek adabiy tilining asoschisi, so`z mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy asarlari dunyosiga bir nazar tashlashning o`zi kifoya. Bu olamda butkul koinot aks etadi, bu bepoyon tafakkur va tuyg`ular olami adabiyot va ilm ummoniga boshlab boradi. Navoiy o`zbek tilini xazina deb baholagan. Navoiy «Muhokamat-ul lug`atayn» kabi lingvistik ahamiyatdagi asari bilan bemisl xazina bilan tilimiz qadr-qimmatini oshirdi. Mumtoz adabiyotimiz vakillarining xalq dostonlari – «Alpomish», «Kuntug`mish», «Rustamxon», «Go`ro`g`li» turkumdagi asarlarining ta’rifga sig`mas boy tili, shuningdek Аbdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Oybek, G`afur G`ulom, ularning izdoshlari Hamid Olimjon, Zulfiya, Аbdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boshqa ijodkorlar yaratgan go`zalliklar ham, «Boburnoma»day asardagi tafakkur saltanati ham o`zbek tili buyukligini, yuksakligini namoyon etadigan bebaho, o`lmas adabiy boylikdir. Nutqning go`zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husndir, bu husn esa oxir-oqibatda jamiyatning millatning yuzini ko`rsatadi. «Til – har bir millatning ma’naviy pasporti» hisoblanadi. Haqiqatan ham, tilda millat ruhi yashaydi, millat hayotida yuz berayotgan o`zgarishlar tilda xuddi ko`zgudek aks etib turadi. Tilimizga e’tiborli bo`laylik, ona tilimizni asrab avaylaylik! Aziz eldoshlar!Barchangizni yana bir bor ona tilimizning 33 yillik ayyomi bilan samimiy tabriklayman. 21 oktyabr 2022 yil Bog`ot tumani hokimligi axborot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?