Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    SEN YOLG‘IZ EMASSAN O‘ZIMNI BOLAM!

    • Qog'ozga chop etish

    SEN YOLG‘IZ EMASSAN O‘ZIMNI BOLAM! Inson hayoti sinovlarga va sir- sinoatlarga to‘la. Bog‘ot tumani «Hurriyat» mahallasida yashovchi Zarinaxon, Xaydarbek, Boburjon, Olimjon Mustafoevlar yosh paytida otasi va onasining bevaqt bu dunyoni tark etganliklari sababli amakisining qaramog‘ida qolganlar. Bugun rahmatli Turdiali akaningto‘rtala qora ko‘zlarining quvonchlari olam-olam. Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayev, tuman IIB rahbari, podpolkovnik Ergashbek Ahmedovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 26-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bolgan bolajonlarning xonadonlariga yotoqxona mebellari, stol, stullar, kiyim javonlarini etkazib berdilar. Ota-onasidan erta ajralib qolgan «Yosh o‘smir» mahallasida yashayotgan Shaxzodbek Botirov, «Oltinqum» shaharchasida yashayotgan Sevinchoy Sapaeva, «Hurriyat» mahallasida yashovchi Alijon Atabaev, «Oq tepa» mahallasida yashovchi Suxrobjon Raximberganov, «Yangi qadam» mahallasida yashovchi Sevinchoy Yoldosheva, «G‘alaba» mahallasida yashayotgan Shaxzodbek Ozodovlarga tumanimiz hokimi va IIB boshlig‘i samimiy tilaklar bildirishdi, ularning kelajakdaO‘zbekistonimizning munosib farzandi bo‘lishlarini, oliygohlarga kirishlarini a’lo o‘qishlarini istab chiroyli tilaklar bildirdilar hamda mebellar to‘plamini oz egalariga topshirdilar. Suhbat davomida, bolajonlar mehmonlarga o‘zlari sevib o‘qigan eng sevimli ertaklaridagi yaxshilik olib keladigan farishtalar haqida gapirib berishdi, xursand kayfiyatda ko‘ngillari shod bo‘lganini aytib Prezidentimiz e’tiboridan otalarcha betakror g‘amxo‘rligidan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Bog‘ot tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri A.Jumaniyozov BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?