Buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyga ehtirom ko`rsatildi
Buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyga ehtirom ko`rsatildi
Bugun, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Bog`ot tumanida «Navoiyga ehtirom» nomli ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo`lib o`tdi.
Unda Bog`ot tumanining iqtidorli yoshlari, maktablarning fan olimpiadalarida ishtirok etgan g`olib va sovrindor yuqori sinf o`quvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Dastlab tadbirning ochilish marosimini tuman hokimi Shavkat Yaxshibaev kirish so`zi bilan boshlab berdi.
Tadbirda Bog`ot tumanidagi 14-son Musiqa va san’at maktabi ustozlari tomonidan Alisher Navoiy g`azallariga bastalangan vatanni madh etuvchi kuy, qo`shiqlar yangradi.
Tumanimizdagi 7-son, 9-son, 39-son maktab o`quvchilar tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodidan tayyorlangan sahna ko`rinishlari namoyish etilib, g`azal va ruboiylari o`qib berildi. Ayniqsa, maktablarning teatrlashtirilgan sahnalari barchaga manzur bo`ldi.
Tadbirda tuman hokimi tomondan «Navoiyga ehtirom» deb nomlangan kechani sahnalashtirishda o`zining shaxsiy hissasini qo`shgan tuman hokimi maslahatchisi F.Usmonova, tuman Ma’naviyat bo`limi rahbari v.v.b. Muborak Yusupova, «Navoiyga ehtirom» tanlovini o`tkszgan hokimning Matbuot kotibi M.Abdullaeva, maktablarning fidokor targ`ibotchilari, maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari yoshlar o`rtasida vatan ravnaqi, el yurt osoyishtaligi, keksalar va yoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish, ota-onalarga g`amxo`rlik mavzusidagi Navoiy ijodidan tayyorlangan sahna ko`rinishlari uchun alohida e’tirof etildi.
Tadbirda tuman hokimligi tomonidan o`tkazilgan «Navoiyga ehtirom» tanlovida faol ishtirok etgan yoshlar va ustozlar tuman hokimining faxriy yorlig`i va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir ma’naviy ahamiyati bilan yig`ilganlarga manzur bo`ldi.
Bog`ot tumani hokimi maslahatchisi Feruza Usmonova
Bog`ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish