“MAHALLALARDAGI HAR BIR EHTIYOJMAND ONA U MENING ONAM, U MENING OPAM, U MENING SINGLIM, U MENING DUGONAN, U MENING TUG‘ISHGANIMDIR”
“MAHALLALARDAGI HAR BIR EHTIYOJMAND ONA U MENING ONAM, U MENING OPAM, U MENING SINGLIM, U MENING DUGONAN, U MENING TUG‘ISHGANIMDIR”
Bog‘ot tumani bo‘yicha xotin- qizlar balansini elektron platformaga kiritilishi hamda 4-bosqich "Ayollar daftari" ro'yxatlarini shakllantirish yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig‘i Dilafruz Abdullayeva tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv-muloqot davomida xotin-qizlar balansini elektron platformaga kiritilishi, "Ayollar daftari" 4-bosqichini shakllantirilish jarayoni, shuningdek ayollar daftariga kirgan har bir xotin qiz uchun individual dastur to‘ldirilayotgani bo‘yicha olib boriladigan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida mahalladagi har bir ehtiyojmand xotin-qiz qamrab olinishi lozimligi ta'kidlandi.
BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bosh sahifaga qaytish