BOG‘OT ТUMANI IIB BO‘LIMIDA «ILM BOR JOYDA BUYUKLIK BO‘LUR» NAVZUSIDA MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
BOG‘OT ТUMANI IIB BO‘LIMIDA «ILM BOR JOYDA BUYUKLIK BO‘LUR» NAVZUSIDA MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
Globallashuv jarayonlarining kuchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyatni keskin burilish pallasiga yetaklamoqda. Bashariyat mutlaqo o‘zgacha muhit, yangicha talab va ilgari kuzatilmagan xavf-xatar hamda tahdidlar kuchaygan bir sharoitda yashashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga ham jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. Turli mintaqa va davlatlarda sodir bo‘layotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, internet tizimi, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar ba’zi hollarda buzg‘unchi kuchlar qo‘lida zararli g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishning qulay, tezkor vositasiga aylanib qolayotganligini ko‘rsatyapti. Bu kabi tahdidlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning yemirilishiga, zo‘ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas’uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlarning ildiz otishiga zamin yaratmoqda.
Mamlakatimizda yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinyapti. Prezidentimiz rahbarligida ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, har tomonlama yetuk, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda Vatanga sadoqatli yangi avlodni voyaga yetkazish mexanizmlarini yaratish maqsadida olamshumul islohotlar amalga oshirilmoqda..
Bosh sahifaga qaytish