TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI
Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, hokim o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida 2-son kasb-hunar maktabi binosida fuqarolarni qabul qildi.
Qabulda fuqarolarning turli masalalar bo‘yicha 35 ta murojaatlari o‘rganildi.
Murojaatlarning 5 tasi ish bilan ta’minlash, 8 tasi moddiy yordam ajratish, 5 tasi elektr ta’minoti, 1 tasi to‘lov kontraktini to‘lash, 4 tasi sog‘liqni saqlash, 2 tasi kadastr, 4 tasi gaz va 1 tasi dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish masalalariga taalluqli bo‘lib, ularning 5 tasi joyida qanoatlantirildi qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Bog‘ot tumani hokimligiaxborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish