Ishratxona tashkil qilgan ayolga sud hukmi o'qildi...
Ishratxona tashkil qilgan ayolga sud hukmi o'qildi...
Inson tug'ilibdiki yaxshi yashash uchun mehnat qilib kun ko'radi. Ammo ayrim kimsalar jazo muqarrarligini bilsalarda yengil-yelpi yo'llar bilan daromad topish ilinjida eng jirkanch ishlardan ham tap tortmaydilar. Aytilishining o'ziyoq dilni xira qiladigan fohishalik azaldan qoralanadi. Qadimdan xalqimizda “guruch kurmaksiz bo'lmaydi” degan ibora ham aslida bejiz aytilmagan, jamiyatimizda buzuqchilikni kasb qilib ayollik sha'niga dog' tushirayotgan kimsalar ham afsuski yo'q emas.
Xususan, Bog'ot tumanida yashovchi Elnura Husanova ham (ism-shariflari o'zgartirilgan) oilali, 2 nafar farzandning onasi bo'la turib, muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilganiga qaramay qing'ir yo'l bilan mo'may pul topish maqsadida o'z yashash uyida qo'shmachilik qilishni maqsad qilgan edi.2023 yil 5-yanvar` kuni soat 18:30 larda qarindoshi I.Do'stnazarov va uning yaqin o'rtog'i O.Sodiqovlarning (ism-shariflari o'zgartirilgan) iltimosiga ko'ra o'zining beg'araz yordamini taklif etadi, ya'ni qo'shni mahallada yashovchi tanishi D.Zaripova bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun ularga sharoit yaratib berishni va'da qilib xizmatlari evaziga 100.000 so'm va D.Zaripova bilan jinsiy aloqada bo'lishlari uchun 250.000 so'm olishini oldindan kelishadi. Ishni o'zicha pishitgan E.Husanovaning rejalari aslida xom hayol bo'lib chiqadi. Chunki, E.Husanovaning nopok qilmishi haqida IIB tezkor guruxiga xabar qilgan I.Do'stnazarov va O.Sodiqovlar zudlik bilan tezkor tadbirga jalb qilinib, D.Zaripova bilan jinsiy aloqa qilish maqsadida E.Husanovanig uyiga borishib, kelishilgan pulni bergan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'z nihoyasiga yetkazilib, qo'shmachi ayolning qing'ir ishi fosh etiladi.Sudda guvoxlarning ko'rsatmasi va daliliy ashyolprning mavjudligi oqibatida E.Husanova kirdikorlarini tan olishiga to'g'ri keldi. U sudga yengillik qilishini, qaramog'ida voyaga yetmagan farzandlari borligini, qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligini bildirib ko'rsatma berdi. Ammo qilingan xar bir jinoyat uchun albatta jazo muqarrar. Sud uning oilaviy va moddiy axvolini inobatga olib ikki yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qildi. Sud majlisi o'zi yashaydigan mahalla fuqarolar yig'inida sayyor sud ko'rinishida bo'lib o'tdi.Barchamiz unutmaylikki ertaga o'ylamay qilingan har qanday qilmish bir kun kelib albatta yuzaga chiqadi. Oqibatda nafaqat o'zimiz balki farzandlarimiz kelajagiga ham salbiy ta'sir qilib qolishi mumkin.
Mo'may pul ilinjida har qanday razillikka qo'l urishga tayyor, nomusi va oriyatini unutgan kimsalar alal oqibat muqarrar jazoga ro'baro' bo'ladi.
Jinoyat ishlari bo'yichaBog'ot tuman sudi raisi H.Saidov
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish