Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    TABRIK!!!

    • Qog'ozga chop etish

    Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Baxramovich Nazarovning «9-may – Xotira va qadrlash kuni» hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan T A B R I G I Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Muhtaram faxriylar! Jonajon Vatanimiz bo‘ylab, 9-may- «Xotira va qadrlash kuni» hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabaning 78 yilligi keng nishonlanmoqda. Ana shu qutlug‘ ayyom bilan xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga o‘zimning chuqur hurmat - ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Hammamizga ayonki, bu dunyoda tinchlik va omonlik, baxtu saodat barqaror bo‘lishi uchun inson o‘zini ayamasdan kurash olib borishi, fidokorona mehnat qilishi kerak. Ota - bobolarimizning xayot yo‘li bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bugun fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan vatandoshlarimizning so‘nmas xotiralarini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Aziz vatandoshlar!Barchangizni e’tiboringizni va diqqatingizni quyidagi achchiq, ammo haqiqat bo‘lgan raqamlarga qaratmoqchiman. Xalqimiz boshiga og‘ir kunlarni olib kelgan Ikkinchi jahon urushiga Bog‘ot tumanidan 2205 nafar yigitlar, yoshlar jangga ketganlar. Ayni navqiron yigitlik davri urushning alamli, achchiq kunlariga to‘g‘ri kelgan bog‘otlik jangchilardan 1237 nafari jangohlarda halok bo‘lgan. Suronli va beshafqat urush davrida 351 nafar eldoshlarimiz bedarak yo‘qolgan. Hayot- mamot janglaridan ona yurtiga sog‘u omon urushdan qaytib kelgan eldoshlarimiz 617 nafarni tashkil qilgan. Bugungi kunda Bog‘ot tumanida ushbu 617 nafar qahramonlarimizning birortasi ham bizning oramizda yo‘qlar va biz bu insonlarning pok ruhlari oldida ta’zimdamiz... Ikkinchi jahon urushi haqiqatdan xam insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lgan edi. Bu urush xalqimiz boshiga qanday og‘ir azob-uqubat va talofatlar, behisob qurbonlar keltirganini el-yurtimiz xech qachon unutmaydi. Qonli jang maydonlarida mardlik ko‘rsatgan, front ortida mehnat qilib, bugun hayotimizga fayz bag‘ishlab yurgan muhtaram faxriylarimiz oldida barchamiz bosh egib ta’zim qilamiz. Bugun tumanimizning har bir go‘shasida eldoshlarimiz Xotira maydonlarini ziyorat qilib, urushda halok bo‘lgan vatandoshlarimizni yod etmoqdalar. Muhtaram faxriylarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga gullar va sovg‘alar topshirilmoqda. Aziz eldoshlar! Siz azizlarni qutlug‘ bayram- «Xotira va qadrlash kuni» bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Siz aziz eldoshlarimga sihat- salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Dunyodagi eng katta baxt - farzandlarning, nabiralarning baxtu kamolini ko‘rish barchangizga nasib etsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin! Cheksiz hurmat bilan, Bog‘ot tumani hokimiJahongir Nazarov 09.05.2023 yil



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?