“Uzbek Jewellery Fair-2023” birinchi xalqaro zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishini bildiramiz
BIRINCHI MARTA TOSHKENT SHAHRIDA XALQARO ZARGARLIK BUYUMLARI KO‘RGAZMASI O‘TKAZILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5271 son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatinining zamonaviy uskunalari, texnologiyalari va “Uzbek Jewellery Fair” birinchi xalqaro ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 17-son qarori doirasida joriy yilning 26-28 may kunlari Toshkent shahrida “Uzbek Jewellery Fair-2023” birinchi xalqaro zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishini bildiramiz.
Mazkur ko‘rgazma Toshkent shahri, “Yoshlar ijod saroyi” ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi.
Barcha ko‘rgazmada ishtirok etishni xoxlovchi tadbirkorlarni va eldoshlarimizni ko‘rgazmaga taklif etamiz.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish