BOG‘OT TUMANI IIB XODIMLARI OYLIK DOIRASIDA SULAYMON QAL’A MASKANI TARIXINI O‘RGANISHDI
BOG‘OT TUMANI IIB XODIMLARI OYLIK DOIRASIDA SULAYMON QAL’A MASKANI TARIXINI O‘RGANISHDI
Respublika boʻylab Ichki ishlar sohasida keng targʻib etilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar IIB xodimlarini maʼnaviy salohiyatini oshirish bilan bir qatorda, ishdan tashqari maʼnaviy hordiq olishlari uchun ham xizmat qilmoqda.
Xususan, “Maʼnaviyat oyligi” davomida tunanimizda o‘zining faoliyati davomidagi ish koʻrsatkichi bilan yuqori natijalarga erishgan bir guruh IIB xodimlari, profilaktika inspektorlari Hazorasp tumanidagi qadimiy Sulaymon qal’a tarixiy maskanida bo‘ldilar.
IIB xodimlari qal’adagi asoru-atiqalar, qadim oʻtmishdan soʻzlovchi tarixiy devorlarni, turli eksponatlarni tomosha qilib, bu maskanda yashagan aholi hayoti bilan yaqindan tanishishdi.
Ha, albatta bu kabi sayohat va ziyorat tadbirlari IIB xodimlariga ulkan ruhiy va maʼnaviy kuch bagʻishlab yangi marralarni egallashlariga ragʻbat uygʻotishiga ishonamiz.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish