АHOLI MUROJААTLАRI TINGLАNDI
АHOLI MUROJААTLАRI TINGLАNDI
Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning "Namuna" mahallasida joylashgan 11- son maktab binosida aholi bilan sayyor qabuli oʼtkazildi.
Qabulda hokim muammosi va murojati boʼlgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimi tomonidan ayrim muammolar joyida hal etildi.
Qabulda Xalq qabulxonasi mudiri Q.Nurmetov, hokim oʼrinbosarlari va tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida moddiy yordam, ishga joylashtirish, subsidiya asosida uy-joy olish, aholi xonadonlari oldidagi ko‘prikni taʼmirlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, sogʼligini tiklashda moddiy yordam bilan bogʼliq murojaatlar kelib tushdi.
Muhlat talab qilayotgan murojaatlarning ijrosi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi
BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bosh sahifaga qaytish