“Obod va xavfsiz mahalla tamoyili” asosida "Mahalla beshligi" o‘qitilmoqda
“Obod va xavfsiz mahalla tamoyili” asosida "Mahalla beshligi" o‘qitilmoqda
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yangi tizimning mazmun-mohiyati yuzasidan hududlarda kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Ayni damda Bog‘ot tumanidagi Madaniyat markazi binosida Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda respublika idoralarining mas’ul xodimlari tomonidan 43 ta “mahalla beshligi", ya’ni raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollariga o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.O‘quv mashg‘ulotlarda obod va xavfsiz mahalla tamoyilini tatbiq etish, oilalar tinchligi, farzand tarbiyasi, nizoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish kabi masalalar yuzasidan keng ma’lumotlar berilmoqda.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish