Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Davlat fuqarolik xizmatchisi qanday sovg‘alarni olishi mumkin?

    • Qog'ozga chop etish

    Davlat fuqarolik xizmatchisi qanday sovg‘alarni olishi mumkin?2022-yil 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrug‘i bilan “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisi Oʻzbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovgʻa olishi mumkin. Oʻzbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovgʻa olish mumkin emas. Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovgʻa quyidagi talablarga javob berishi kerak:- milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar boʻlishi;- sovgʻa xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan boʻlishi;- sovgʻa ochiq va oshkora qabul qilinishi;- davlat organining obroʻsiga putur yetkazmasligi;- manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.Davlat fuqarolik xizmatchisi sovgʻani tadbirdan kelgandan soʻng 3 ish kunida xoʻjalik boʻlimiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi. Sovgʻaning qiymati aniq boʻlmasa, xoʻjalik boʻlimi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln soʻmdan) koʻp boʻlmasa, sovgʻa davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi. Sovgʻa qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln soʻmdan) koʻp boʻlsa, u moliya-iqtisod boʻlinmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi. Tez yaroqsiz holga keluvchi sovgʻalar (gul, shirinliklar), shuningdek kanselyariya toʻplamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovgʻa sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovgʻalar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.Bog‘ot tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi G‘.Maxmudov



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?