«YOSHLIK» BOLALAR OROMGOHI ISTIQBOLI BALAND BOLAJONLAR BILAN O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
«YOSHLIK» BOLALAR OROMGOHI ISTIQBOLI BALAND BOLAJONLAR BILAN O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
Bog‘ot tumanining «Nurafshon» shaharchasi hududidagi «Yoshlik» bolalar oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.
Oromgohning 1- kunidan Qoraqolpog‘istonning Shumanay tumani «Ketenler» ovulidan kelgan 50 nafaro‘quvchilar hamda Bog‘otlik 100 nafar bolajonlar ushbu oromgohda sog‘lomlashtirilmoqda.
Oromgohning ochilish tadbirida Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov ishtirok etdi.
Kuni kecha «Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni» munosabati bilan oromgohdagi tarbiyalanuvchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat va tuman Kengashi rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar berilib, kitoblar sovg‘a qilindi. Oromgohga kelgan mehmonlar yoshlar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlarni ko‘rib xursand bo‘ldilar.
Oromgohdagi shaxmat, shashka, musiqa, kurash, futbol, voleybol, pazandalik sirlari, kitobxonlik to‘garaklarida bolajonlar ko‘plagan do‘stlar orttirib dam olishmoqda.
Oromgohning sport zaliga bolajonlar uchun yangi voleybol, futbol to‘plari olib berildi.
Oromgohda tarbiyachilar tomonidan sport musoboqalari, «Eng yosh kitobxon», «Kelajak mening tasavvurimda», «Qariyalarni e’zozlaymiz!», «Yoz-o‘tmoqda soz» kabi qiziqarli tanlovlar yuqori kayfiyatda qiziqarli holda o‘tkazilib, bolajonlarning har bir daqiqasi quvonarli va mazmunli o‘tmoqda.
Ayniqsa «Yoshlik» oromgohida qoraqalpoq, qozoq, turkman va o‘zbek bolalari bir - birlari bilan yana yaqin do‘st va inoqlikda dam olish bilan birga, allaqachon eng yaqin qadrdonlarga aylanib ulgurishgan.
Ha, darhaqiqat, Shumanaylik va Bog‘otlik bolajonlarning bu yilgi yozi sozu suhbatlar bilan ajoyib taassurotlarga to‘la bo‘lib o‘tayotganiga guvoh bo‘ldik va yana bir bora bolaligimizni, yoshligimizni eslab, Yangi O‘zbekiston yoshlariga havas bilan qaradik, ularga cheksiz omadlar tilaymiz!
Bog‘ot tumani hokimligi Axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish