Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    «Nurli maskan» mahallasi

    • Qog'ozga chop etish

    Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tuman «Nurli maskan» mahallasida «Bog‘ot mash kimyo servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli «Fayz» to‘yxonasining hojatxonasi mahalladagi «Iqbol» ko‘chasida yo‘l ustida joylashganligi, ko‘chadagi namunali uylar bilan hojatxona oralig‘i 5-6 metr ekanligi, hojatxona binosi noqonuniy qurilganligi va xididan o‘tirib bo‘lmayotgani xamda ushbu masala bo‘yicha shu yerda yashovchi aholi tomonidan bir qancha idora-tashkilotlarga murojaat qilingani, lekin biror natija bo‘lmaganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi. Ushbu xolatni o‘rganish maqsadida tuman SEO va JSX xodimlari tuman kadastr bo‘limi xodimlari, tuman arxitektura va qurilish bo‘limi xodimlari xamda tuman tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari ishtirokida ushbu manzildagi mavjud ahvolni o‘rganib chiqildi va tubandagilar aniqlandi: «Bog‘ot mash kimyo servis» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli «Fayz» to‘yxonasi hojatxonasi xaqiqatdan xam «Iqbol» ko‘chasida joylashganligi aniqlandi.To‘yxona xojatxonasi bilan eng yaqin namunali uy oralig‘i o‘lchab ko‘rilganida oraliq masofa 11 metrni tashkil qilishligi aniqlandi. SanPiN №0368-19 «Sanitarnыye pravila i normы proyektirovaniya stroitelstva i ekspluatasii obщyestvennыx tualetov», O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining 12.04.2016 yil №12-05/798 raqamli “Mahallalarga biriktirilgan xodimlarning hududlarni sanitariya holatini yaxshilash, tozalikni ta’minlash» to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga asosan aholi yashash uyidan hojatxonagacha bo‘lgan masofa 25 metrdan kam bo‘lmasligi ko‘rsatilgan.Bu masala bo‘yicha «Fayz» to‘yxonasi rahbari bilan uchrashilib, vaziyatni tushuntirildi hamda hojatxona binosini ko‘chirish bo‘yicha rahbardan kafolat xati olindi. Vakolatli organdan (OMBUDSMAN) ruxsat olib tekshirish o‘tkazish uchun SEO va JSX tuman bo‘limi oylik rejasiga kiritildi.Vakolatli organning ruxsati bilan tekshirish o‘tkazilib, talabga mos kelmaydigan hojatxonani buzdirib,boshqa joyga ko‘chirish yuzasidan to‘plangan materiallar o‘rnatilgan tartibda Sudga yuborilishi haqida bildiramiz.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?