Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Adliya organlari tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

    • Qog'ozga chop etish

    Adliya organlari tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda Yangi Mehnat kodeksiga asosan, endi mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor bo‘lganda yozma kelishuv bo‘lishi shart. Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek muddatli mehnat shartnomasi istalgan vaqtda taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Mehnat shartnomasi mazkur asos bo‘yicha bekor qilinadigan sana xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtiriladi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shart. Аgar ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirayotganda mazkur qoidaga rioya qilmagan taqdirda u chiqargan buyruq sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Bog‘ot tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi G‘.Maxmudov



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?