SAYYOR QABUL
«INSONLARNING DARDU TASHVISHLARINI O‘YLAB YASHASH INSONIYLIKNING ENG OLIY MEZONIDIR»Shavkat Mirziyoyev
Bog‘ot tuman hokimi Jahongir Nazarovning 1-sektordagi «Yosh o‘smir» mahallasi hududida joylashgan Qulonqorabog‘ Madaniyat markazi binosida aholi bilan navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Sayyor qabulda ayni damgacha 15 nafar fuqaro tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.
Jumladan, moddiy yordam, ichimlik suvi bilan ta'minlash, imtiyozli bank krediti, sogʻligʻini tiklashi uchun tibbiy xizmat koʻrsatish hamda ish bilan ta’minlash kabi bir qator murojaatlar tinglanmoqda.
Qabulda amaliy yordamlar soʻrab murojaat qilgan aholi muammolarining ko‘pchiligi joyida hal qilinishi ta’minlanib, muddat talab qilayotgan murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishliligi boʻyicha topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bosh sahifaga qaytish