Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TMOQDA

    • Qog'ozga chop etish

    O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TMOQDA Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu aksiya doirasida Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan tadbirlarda 500 dan ziyod soha fidoyilari ishtirok etdilar. Ular belgilangan tartibda EKG, UTT tekshiruvlaridan,  20 dan ziyod tor soha mutaxassislari ko‘rigidan o‘tishdi. 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun ko‘chma mammografiya tekshiruvlari tashkil qilindi. Ko‘chma oftalmomobilda 50 dan ziyod fuqarolarning ko‘rish bilan bog‘liq muammolari tekshirilib, zarur tashxislar qo‘yildi. Ko‘ngillilar uchun ko‘chma qon markazida qon donorligini amalga oshirish imkoni yaratildi. Salomatlik ko‘rsatkichida muammosi bor o‘qituvchi va murabbiylar tuman, viloyat va respublika darajasidagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltirildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b. U.Abdullayev tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan tanishib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotda bo‘ldi. Bog‘ot tumani TTB bosh shifokori o‘rinbosari Barno Saidova BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?