Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    AHOLINING UZOGʻI YAQIN BO‘LDI

    • Qog'ozga chop etish

    AHOLINING UZOGʻI YAQIN BO‘LDI Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini  yaratib berishdan iborat. Fuqarolarni bugungi kunidan, hayotidan rozi qilishda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati muhim ahamiyatga ega. Bugun Bog‘ot tumanidagi 3-sektor hudududa joylashgan Sahovat mahallasida  aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti o‘z faoliyatini boshladi. Tibbiyot maskanining ochilishida 3- sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i E.Ahmedov ishtirok qildi. Bir so‘z bilan aytganda qishloq aholisining uzog‘i  yaqin, mushkuli oson bo‘ldi. Endilikda  sahovatliklar 15-20 km uzoq tuman markaziga bormasdan balki  mahallaning o‘zida birlamchi tibbiy muolajalarni olishlari uchun imkoniyat yaratildi. Tadbirda qishloq aholisi, jamoatchilik, shifokorlar qatnashdilar. Nuroniylar Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildirib, yurt tinchligini tilab, duoga qo‘l ko‘tardilar. Tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada  yaxshilash, davolanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda. Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Veb-sayt faoliyatini baholang?