MAHALLALARDAGI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI BILAN PSIXOLOGLAR HAMКORLIGIDA HIKMAT KO‘P
MAHALLALARDAGI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI BILAN PSIXOLOGLAR HAMКORLIGIDA HIKMAT KO‘P
Bog‘ot tumanida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston psixologlar assotsiyatsiyasi bilan hamkorlikda "Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish" mavzusida bir kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi psixologlar assotsiatsiyasining Xorazm viloyat hududiy boʻlimi raisi Atadjonova Ludmila Arifovna va amaliyotchi psixolog Qazaqova Surayyo Salayevnalar tumandagi 43 ta mahalla xotin-qizlar faollari bilan birgalikda o‘tkazmoqda.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad - mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish, ularga fuqarolar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarni oldini olish, bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish, nizoli, notinch oilalar bilan ishlash, ruhiy tushkunlikga tushgan shaxslarga ko‘maklashish, muloqot madaniyati, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda o‘z joniga qasd qilish, ajrimlarni oldini olish kabi maxsus ko‘nikmalar xosil qilishdir.
Xotin-qizlar faollari bugungi seminardan olgan bilim- koʻnikmalarini oʻz faoliyatida tatbiq qilishlarini, oʻzlari uchun kerakli tavsiyalarni olganliklarini bildirishdi.
Seminar yakunlangandan soʻng, barcha xotin-qizlar faollariga sertifikatlar topshirildi.
BO‘G‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Bosh sahifaga qaytish