STATISTIKA
Xorazm viloyatida jami 543 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, 363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari, jami 930 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda. Mavjud 543 ta umumta’lim maktablaridan 343 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 169 tasiga 2018-2021-yillar davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan. Yana 36 ta maktabni markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.
Bugungi kunda 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan.
Shuningdek, 363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 326 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 24 tasiga suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan, 13 tasini toza ichimlik suvi tarmog‘iga ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.
Viloyatda mavjud 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 13 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lib, 1 ta maktabni ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.
Bosh sahifaga qaytish