YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
Bugun, 17-avgust kuni Bog‘ot tumanidagi 3-son IDUM binosida “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda tumandagi umumta’lim maktablarning rahbar va mas’ullari ishtirok etdi.
Seminarni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov kirish so‘zi bilan ochib, maktabda ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar haqida gapirdi. Seminar davomida “O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlarning oldini olish”, “Umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Ishtirokchilar tadbirda faol qatnashib, mavzular bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish