RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘otda ekolog hamda uchastka nozirlari gujum va qoratol daraxtlarini kesib tashlashdi” mavzusida tarqatilgan videolavhalar bo‘yicha Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.O‘rganish davomida aniqlanishicha, boshqarmaga 2023 yil 24 avgust kuni partner.licenses.uz elektron tizimi orqali Bog‘ot tumani, “O‘zbekiston” mahallasi, Tumor ko‘chasi, 11-uy oldidagi 26 tup tol hamda 6 tup qayrag‘och daraxtlarni kesishga ruxsatnoma berish to‘g‘risida fuqaro R.Qarriyeva tomonidan 290032-sonli elektron ariza kelib tushgan.Ushbu elektron ariza bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasida 26 tup tol hamda 6 tup qayrag‘och daraxtlarni kesishni rad etish to‘g‘risida belgilangan tartibda elektron tarzda ruxsatnoma berilgan. Lekin partner.licenses.uz elektron tizimida bo‘lgan texnik xatolik sababli fuqaro R.Qarriyevaga berilgan ruxsatnomada daraxtlarni kesish yoki kesmaslik aniq bayon etilmagan.Ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish kunida hudud ko‘zdan kechirilganda, hududda 4 tup rus qayrag‘ochi va 1 tup o‘rik daraxtlari chopilganlik holati aniqlandi, shuningdek 26 tup qoratol daraxtlariga butash (kallak qilish) ishlari bajarilganlik holati aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-son Qarorining 15-ilova 12-bandida:“Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruxsatnoma talab etilmaydi”-deb belgilangan.Yuqorida belgilangan Qarorlar talablariga muvofiq, 26 tup qoratol daraxtlariga butash uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video lavhada ekologlar va uchastka nozirlari daraxtlarni kesib tashlashganlik masalasi yuzasidan, boshqarmaning Bog‘ot tumani davlat inspektorlari R.Ro‘zmetov va O.Ibrohimovlar voqea joyiga borishgan. Ekologiya davlat inspektorlari voqea joyiga borib holatni ko‘zdan kechirganda, R.Qarriyeva qoratol daraxtlariga butash (kallak qilish) ishlarini bajaryotganligi aniqlangan.Ekologiya davlat inspektorlari voqea joyidan qaytishgandan so‘ng fuqaro R.Qarriyeva tomonidan 4 tup rus qayrag‘ochi daraxtlari noqonuniy ravishda chopib tashlangan.Ushbu harakatlari bilan R. Qarriyeva O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 21-moddasi hamda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasi talablarini buzganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi ning MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. R.Qariyevaga nisbatan BHMning 5 barobari miqdori jarima qo‘llanildi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli Qarorining 4-ilovasiga muvofiq jami 10 mln. 560 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar miqdorlari hisoblanganini bildiramiz.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati@bogottumanihokimligikanali
Bosh sahifaga qaytish