OCHIQ MULOQOT
OCHIQ MULOQOT
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati o‘rganilmoqda
Bog‘ot tumani Adliya bo‘limi tomonidan xotin-qizlar faollariga “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun- mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ushbu muhim hujjat mamlakatimizning keyingi 7 yildagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi hujjatdir.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qo‘shilish, xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish, xalqqa xizmat qiluvchi adolatli va zamonaviy davlat qurish, mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi asosiy g‘oyalar o‘z ifodasini topgan.
Strategiyada xotin-qizlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash asosiy vazifalar sirasiga kiritilgan.
Ochiq muloqot davomida Strategiyada ilgari surilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik nazoratini olib borishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyati, mas’ul idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish