Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    2-DEKABR KUNI SAHOVAT MAHALLASIDA «OBOD XONADON», «OBOD KO‘ChA», «OBOD MAHALLA» DASTURI DAVOMIDA QILINGAN MEHNATLAR TANTANASI BAYRAMONA NIShONLANDI

    • Qog'ozga chop etish

      Davlatimiz rahbari «Xalqimiz bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi» degan so‘zlari Bog‘ot tumanida o‘z isbotini topmoqda. Respublikamizda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanayotgan, halol mehnat qilayotgan insonlarning mehnatlari e’tirof qilinayotgan shukuhli kunlarda 2023-yil 2-dekabr kuni Bog‘ot tumanidagi "Sahovat" mahallasida erta tongdan boshlangan bayram tantanalari barcha ko‘chalarni, xonadonlarni chulg‘ab olib, ko‘tarinki ruhda har bir oilada davom etdi. Mahalla yoshlari, xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan sportning mini-futbol, shashka, shaxmat, stol tennisi bo‘yicha musobaqalar bayramga yanada fayz bag‘ishladi. Mahallada to‘kin dasturxonlar yozilib, qo‘chqorlar so‘yilib, palovlar pishirilib el dasturxoniga tortildi.   Bayram tadbirlarida viloyat hokimi o‘rinbosari N.Qutlimuratova, Bog‘ot  tumani hokimi Jahongir Nazarovlar mahalla ahli bilan, hunarmandlar bilan  dildan suhbatlashdilar. Mahalla xalqining hamjihatligini e’tirof etib, ayyomlar bilan qizg‘in tabrikladilar. Mahallaning yoshi ulug‘ onaxonlari tashabbus bilan chiqib, yoshlarning ma’naviyatini oshirishga munosib hissa qo‘shish maqsadida qadimiy Xorazmcha udumlarimizni ko‘rsatib berdilar. Mahalla ahli islohotlardan rozi bo‘lib, xursand bo‘lganidan, suzma palovlar pishirib, qo‘chqor go‘shtidan xorazm suzmalarini ehson oshi qilib bayram dasturxoniga va bemor yotgan mahalladoshlariga tarqatishdi. Ha, darhaqiqat, tinch va obod yurtga mana shunday bayramlar yarashadi. Xalq roziligini olishdek ulkan ishlarga bosh qo‘shayotgan Bog‘otliklar yana bir bor o‘zlarining jipsligini,og‘zibirligining namunasini  namoyon etdilar.   OBOD XONADON, OBOD KO'CHA, OBOD MAHALLA DASTURI SAMARASI (VIDEO) Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati  



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Aprel     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930 

Veb-sayt faoliyatini baholang?