KONSTITUTSIYA KO‘ChASIDA BAYRAM
Bog‘ot tumanida yangi tashkil etilgan Konstitutsiya ko‘chasiga barchangizni taklif qilamiz. Tumanimizda Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi keng nishonlamoqda.
Konstitutsiya nafaqat mustaqilligimizning huquqiy negizi, balki xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin, farovon hayot qurishdek buyuk maqsad sari birlashtiruvchi muhim qonuniy hujjat sifatida ham ardoqlidir.
Konstitutsiyada xalqimizning hohish-irodasi, ijtimoiy ongi, milliy madaniyati, maqsad-muddaolari va orzu-niyatlari aks etgan.
Bizni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan bosh qonunimiz millatni millat, davlatni davlat sifatida tanitishda qat’iy va bardavom bo‘lsin.
Barchangizni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.
Bog‘ot tuman hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish