Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    SPORTCHI-YOSHLARNING MUVAFFAQIYATI EʼTIROF ETILDI

    • Qog'ozga chop etish

    Bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov hamda Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazovalar Bog‘otlik sportchi yigit-qizlar, nufuzli musobaqalar gʻolibi boʻlgan yoshlar bilan uchrashdilar. Tadbirda sportchi yoshlar bilan rahbarlarning samimiy muloqoti davomida, sport musobaqalarida Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab- internati jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelayotganini yuksak mamnuniyat bilan eʼtirof etildi. Yangi yil bayrami arafasida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida nufuzli musobaqalarda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan ushbu spоrt maktabining bir guruh sportchi yoshlari va ularning ota-onalari tuman hokimligining tashakkurnomasi va sovgʻalari bilan taqdirlandi.   Bog‘ot tumani hokimligi Axborot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Noyabr     
DuSeChPaJuShYa
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Veb-sayt faoliyatini baholang?