Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov Rustamjonga yangi uy kalitini topshirdi.
Inson hayoti sinovlarga, sir- sinoatlarga to‘la...
Bog‘otlik Rustamjon juda yosh vaqtida ota- onasi kasallik sababli erta bu dunyoni tark etishadi va u bolaligidan xolasining qaramog‘ida qoladi.
Bugun Rustamjonnning quvonchlari olam-olam. Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov Rustamjonga yangi uy kalitini topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan Bobojonov Rustam Qurbonboy o‘g‘liga yangi xonadon sovg‘a qilindi. Suhbat davomida davlatimiz g‘amxo‘rligidan minnatdor bo‘lgan Rustam, kelajakda albatta, Prezidentimizning ishonchini oqlashini bildirdi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish