Bog‘ot tumanida mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bog‘ot tumanida mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari, tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov so‘zga chiqib, Prezidentimizning 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil to‘xtaldi.
Mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, mahalla “yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish davomida MFY raislari va nuroniylar so‘zga chiqib, Farmon va qarordpn kelib chiqadiga dolzarb vazifalarga o‘z munosabatlarini bildirishdi.
Yig‘ilishda Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xorazm viloyati kengashining tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun 5 nafar delegat, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari orasidan tanlab olindi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish