Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tumani markazidagi svetoforlarning doim buzilishi va eski svetofor ekanligi, uni yangisiga almashtirish kerakligi to‘g‘risida qilingan murojaat Bog‘ot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi ma’sul xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida ushbu holatlar aniqlandi. Bog‘ot tumani markazi O‘zbekiston va Feruz ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada o‘rnatilgan svetoforning ogohlantiriuvchi ya’ni sariq chirog‘i yonmasdan turganligi ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat ijrosini yuzasidan hozirda ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotganini hamda tezkorlik bilan svetofor ishchi xolatga keltirilishini bildiramiz.
Bog'ot tuman hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish