ARMIYA HAYOT MAKTABI
BOGʻOTDA YOSHLARNI HARBIYLIKKA QIZIQISHLARINI OSHIRISHGA QARATILGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Bugun tumanimizdagi 14-son Musiqa va san’at maktabida «Armiya-hayot maktabi» mavzusida harbiylar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv «Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir» videolavhasi bilan boshlandi. Tadbirda Shimoli-g‘arbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik U.Dusmatov, Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik R.Jumayev, Urganch Harbiy prokuraturasi xodimlari, oddiy askarlar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar harbiy xizmat nufuzi, Yangi O‘zbekiston armiyasining kuch-qudrati, sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar borasida gapirib o‘tdilar. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari O‘.Bog‘bekov ishtirokchilarga tuman hokimi nomidan minnatdorlik bildirdi.
Bugun harbiylar va nuroniylar har bir yosh marrani baland olishi kerakligi, buning uchun orzu-havas jo‘shqinlanib, aniq maqsad qo‘yilsagina unga erishish mumkinligini ta’kidlab aytdilar.
Shundan so‘ng harbiy orkestr tomonidan badiiy dastur namoyish etildi. Ayniqsa, harbiylarning mohirona chiqishlari yoshlar qalbini jo‘shqinlantirib, harbiylikka bo‘lgan havas tuyg‘usini yanada oshirdi.
Bog‘ot tumani hokimligi Matbuot xizmati.
Bosh sahifaga qaytish