SAYYOR QABULLAR - MUROJAATLARGA ENG MAQBUL YECHIM
Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov “Uzumzor” shaharchasida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda ushbu hududdan saylangan deputat U.Ibrohimovlar shtirok etishdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun amaliy yordam, ishga joylashish, tibbiy xizmat, moddiy yordam, ichki yo‘llarga asfalt qoplamalari yotqizish, farzandini kontrak pulini to‘lashda amaliy yordam, uy-joyini ta’mirlashga yordam kabi 35 ga yaqin turli soha va yo‘nalishdagi muammolar tuman rahbari tomonidan qabul qilindi.
Sayyor qabul jrayonida bir qancha murojaatlar joyida o‘z еchimini topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Bosh sahifaga qaytish