Bobosi buyukligini biladigan bolajonlar
			
				Bogcha haqida gap ochilsa, oramizda uni bola ovutib otiriruvchi muassasa, deydiganlar ham bor.
Shunday insonlarga bogchalardagi ma’rifiy tadbirlardan aytib turish kerak.
Keling, sozimizning isbotini  Bogot tumanidagi  15-sonli bogchani   bugungi ma’rifiy kechasi misolida koring, lavhalardagi jarayonlarni ko‘rib ko‘zlaringiz quvonadi.
Tadbirda kichkintoylarga Navoiy bobosi qanday buyuk zot bolganligi bola dunyoqarashiga moslab singdirishga harakat qilindi.
Shirintoylar ishtirokida Navoiy asarlaridan parchalar sahnalashtirildi. Bolajonlar o‘zlariga topshirilgan rollarni a’lo darajada bajardilar hamda Navoiy bobomiz ijodidan yod olgan misralarini aytib berishdi.
 
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
				
			
			
		
		Bosh sahifaga qaytish
						

                        