Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

    • Qog'ozga chop etish

    Bog‘ot tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini joyida tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi Jahongir Nazarov 1- sektor hududida joylashgan Paxtaobod mahallasi yoshlari bilan uchrashdi. Tuman rahbari har bir murojaat qilgan yoshning taklif va muammolarini batafsil tingladi. O‘tgan muloqot davomida tuman hokimi tomonidan ularning o‘qish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, ishga joylashishlariga yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi,  ayrim muammolarga joyida amaliy yordamlar berildi. Qabul davomida tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlar murojaatlarining yechimi bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi. Bu borada ishlar tizimli davom etmoqda. Uchrashuvdan keyin tuman rahbari tomonidan subsidiya asosida 4 nafar «Yoshlar daftari”da turgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat qurollari va asbob-uskunalar berildi. Bog'ot tuman hokimligi axborot xizmati



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?