Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Rasmiy munosabat

    • Qog'ozga chop etish

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog’ot tumanida yashovchi ayolning ishsiz deb e’tirof etilishida amaliy yordam so’rab qilgan murojaati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Bog’ot tumani kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limining ma’lum qilishicha, tumanning Navbahor mahallasida yashovchi fuqaro Xolbayeva Maqsuda Romonberdiyeva ishsiz deb e’tirof etilishida amaliy yordam so’rab qilgan murojaati yuzasidan u bilan uchrashilib, bo’limda ish izlovchi sifatida ro’yxatga olinishi uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bo’limga kelishi, bo’limda belgilangan tartibda ro’yxatga qo’yilishi tushuntirildi. Shuningdek, murojaatchi Xolbayeva Maqsudaga o’zi istiqomat qilib kelayotgan MFYdagi hokim yordamchisiga ariza berishi tushuntirilib, Vazirlar mahkamasining 2022-yil 11-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg’armasi mablag’lari hisbodan subsidiyalar ajratish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 252-sonli qarorining 6-bandida tadbirkorlik va o’zini o’zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo’lgan mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi belgilanganligi sababli “Online-mahalla.uz” elektron platformasiga ariza bilan murojaat qilishi to’g’risida huquqiy maslahat berildi.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?