Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov shahar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda Yangibozor va Gurlan tumanlarida bo'ldi
Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida Yangibozor va Gurlan tumanlarida koʻp qavatli uy-joylar qurilishi, aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish hamda qoʻshimcha faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyish orqali yuqori daromad olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun, joriy yilda Yangibozor tumanida 304 ta xonadonga moʻljallangan 13 ta koʻp qavatli uylar barpo etilmoqda. Tumanda 2024-2025-yillarda umumiy qiymati 916 mlrd soʻmlik 41 ta loyiha ishga tushirilib, 1354 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan. Pahlavon Mahmud nomli mahallada har bir xonadonda issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik, qoʻziqorin yetishtirish kabi faoliyat turlari tashkil qilinib, oilalar uchun qoʻshimcha daromad manbai yaratilgan.
Bosh sahifaga qaytish