Oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi
Bugun Bog‘ot tumani “To‘pchi” mahallasida qayta ta’mirlangan va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari San’atbek Salayev, viloyat prokurori o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi O‘ktamboy Abdullayev, tuman hokimi Jahongir Nazarov, keng jamoatchilik vakillari va mahalla ahli ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan mahalla nuroniylari hamda faollar bugungi kunda davlatimiz tomonidan ijtimoiy sohaga qaratilayotgan e’tibordan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
Tadbir davomida mazkur shifokorlik punktining qayta ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha xayriya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etgan “Mirahmedov Foundation” va “Ona” jamoat fondi vakillariga viloyat hokimligi va prokuraturasi, hamda tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bino foydalanishga topshirilganidan keyin shu yerning o‘zida aholi uchun sayyor tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.
Bosh sahifaga qaytish