Bog‘ot tumanida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari boshlandi
Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi o‘ta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar bergan.
Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ayni shu maqsadlarda Bog‘ot tumanida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirokida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida o‘quv-yig‘ini tashkil etildi. Yig‘in Qurolli Kuchlar akademiyasining harbiy xizmatchilari, Bog‘ot tumani hokimligi, tuman IIB vakillari hamda Yoshlar ishlari agentligi Bog‘ot tumani bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mas’ullardan javob oldilar.
Bosh sahifaga qaytish