Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Кўриш қобилияти ожизлар учун
Матн ҳажми
Сайт ранги
Тасвирлар

    Bog‘ot tumanida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik yig‘ini tashkil etildi

    • Qog'ozga chop etish

    Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi davrda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar bergan. Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni shu maqsadlarda Bog‘ot tumanida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirokida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida o‘quv-yig‘ini tashkil etildi. Yig‘in Qurolli Kuchlar akademiyasining harbiy xizmatchilari, Bog‘ot tumani hokimligi, tuman IIB vakillari hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi Bog‘ot tumani bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi. Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini yanada kuchaytirish, ularni mamlakatimiz Qurolli kuchlaridagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov hamda sektor rahbarlari ham ishtirok etdi.



    Bosh sahifaga qaytish
ad

Nazarov Jahongir Baxramovich

Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani hokimi


     Dekabr     
DuSeChPaJuShYa
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Veb-sayt faoliyatini baholang?