Sogʻlom raqobatni buzishning huquqiy oqibatlari
Mamlakatimizda iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, tadbirkorlik subyektlari sonining ortishi tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning rivojlanishiga olib kelmoqda. Shu sababli 2023-yil 3-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni nazorat qilishni amalga oshirish hamda ularga chek qoʻyish bilan bogʻliq boʻlgan, raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonun jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va (yoki) undan tashqarida sodir etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasidagi tovar yoki moliya bozorida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlariga (harakatsizligiga) nisbatan tatbiq etiladi. Ushbu qonun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlar bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur qonunda raqobat tushunchasi berilib, unga koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi boʻlib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda taʼsir koʻrsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. Ushbu qonunda insofsiz raqobat tushunchasi ham berilib, unga koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega boʻlishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlari hisoblanadi. Ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) isteʼmolchilarning, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari, shu jumladan quyidagi harakatlari ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi hamda taqiqlanadi:
tovarlarning muomalasi hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga va (yoki) isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda qisqartirish;
isteʼmolchilarning zarur hajmdagi tovarni va lozim darajadagi sifatli tovarni olishga boʻlgan huquqlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyish;
tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilash;
shartnoma predmetiga taalluqli boʻlmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy mablagʻlarni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni oʻzga shaxsga oʻtkazishga doir asossiz talablarni majburan qabul qildirish;
tovarni realizatsiya qilishda yoki olishda kamsituvchi shart-sharoitlarni belgilash, shu jumladan tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish;
shartnoma tuzishga faqat kontragent tomonidan boshqa tovarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud kontragentning tovarni oʻzga xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan oʻzini tiyishi sharti bilan rozilik berish;
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati boʻla turib, shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etish;
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kirishi uchun toʻsiqlar yaratish;
narxlarni davlat tomonidan tartibga solish qoʻllaniladigan tovarlar uchun belgilangan narxdan ortiq haq olish yoki narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibini buzish, shuningdek koʻrsatilmagan xizmatlar yoki bepul koʻrsatilishi kerak boʻlgan xizmatlar uchun haq olish;
boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar (raqobatchilar) tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni olishni yoki realizatsiya qilishni taqiqlash yoxud cheklash.
Ustun mavqega ega boʻlgan deb eʼtirof etilgan raqamli platforma operatoriga maʼlumotlar, texnologiyalar va raqamli mahsulotlardan foydalanish haqidagi talablarni belgilash orqali raqobatni cheklaydigan harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli davlat organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar va oʻrganishlar natijalari, jismoniy va yuridik shaxslarning, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining murojaatlari, tegishli organlarning taqdimnomalari raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishlarni qoʻzgʻatish va koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Bogʻot tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi B.Ubaydullayev

Bosh sahifaga qaytish