Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘ninchi sessiyasi boʻlib oʻtdi
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz o‘ninchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi.
Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash boʻyicha 2024-yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” tomonidan o‘z xizmat vazifalarining bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash yuzasidan hisobotlar eshitildi.
Shuningdek, har bir sektor rahbarining joriy yil yakuniga qadar aholi bandligini taʼminlash boʻyicha dasturlari taqdimot qilindi.
Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari San’atbek Salayev ishtirok etgan tanqidiy ruhdagi yigʻilishda tumandagi kommunal soha (elektr taʼminoti, gaz, ichimlik suvi, yoʻl) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi.
Sessiya yigʻilishida elektr, gaz, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va tuproq yoʻllarni shagʻallashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Yigʻilishga yuqoridagi sohalar boʻyicha eng koʻp murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan so’ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bosh sahifaga qaytish