Bosh prokuratura tomonidan yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni qabul qiluvchi Telegram-bot ishga tushirildi
Bosh prokuratura tomonidan yashirin iqtisodiyotni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni qabul qilish maqsadida Yashirin iqtisodiyot takliflar Telegram-boti ishga tushirildi. Ushbu bot orqali qurilish, farmatsevtika, ulgurji savdo, xizmatlar koʻrsatish, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, transport sohasi, umumiy ovqatlanish, turizm, koʻchmas mulk savdosi, alkogol, bozorlar, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari, soliq tekshiruvlari, soliq maʼmurchiligi, raqamlashtirishdagi mavjud muammolar, korrupsiyani oldini olish hamda maʼmuriy tartib-taomillar kabi bir qator yoʻnalishlarda shakllangan xufiyona aylanmalarni oldini olishga qaratilgan takliflar bildirish mumkin. Taʼkidlash joiz, ushbu telegram-bot orqali individual murojaatlar emas, balki tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Bosh sahifaga qaytish