Tuman hokimi Qorabog‘ mahallasi yoshlari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rgandi
Ochiq muloqot tarzda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish, davolanish, kredit, ishga joylashish hamda subsidiya masalalarida murojaatlari tinglandi, bir qator taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Tuman hokimi yoshlar bilan samimiy suhbat qilib, har birining hayot tarzi bandligi, qiziqishlari va maqsadlarini o‘rganib, o‘zining taklif va mulohazalarini bildirdi. Yoshlarning murojaatlari atroflicha tahlil qilindi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul rahbarlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Tuman bo‘ylab yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal qilish ishlari davom etmoqda.
Bosh sahifaga qaytish