Sayyor qabul
Aholining talab va takliflarini o‘rganish, ularning kundalik hayotidagi ijtimoiy-maishiy muammolariga oqilona yechim topish maqsadida joylarda tuman hokimi Jahongir Nazarovning sayyor qabullari o‘tkazilmoqda. Ana shunday sayyor qabullarning navbatdagisi Nurafshon shaharchasidagi 3-son maktabda tashkil etildi. Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan sayyor qabulda tuman 1-sektor rahbariga tumanning turli hududlaridan kelgan 18 nafar fuqaro turli ijtimoiy masalalarda murojaat qilishdi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish