Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida Bog‘ot tumanining Mehnat guli mahallasida “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani o’zida mujassam etgan holda yurtdoshlarimizga xushkayfiyat ulashish orqali xalqimiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram bo‘lgan mustaqillik shukuhini keng targ’ib etish maqsadida madaniy-ma’rifiy konsert dasturi bo’lib o’tdi. Tumanimiz estrada sanʼatining xonandalari vatanimiz mustaqilligi, inson qadri madh etilgan chiqishlari bilan mahalla ahliga bir olam quvonch, unutilmas taassurotlar ulashdi. Davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida tumanimiz bo‘ylab yurtdoshlarimizning mazmunli madaniy hordik chiqarishlari uchun turli madaniy-ma’rifiy, ko’ngilochar tadbirlar davom etmoqda.
Bog'ot tumani hokimligi matuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish