Yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida Bog‘ot tumani Navbahor mahallasida 150 o‘rinli 24-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Jahongir Nazarov, mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Mehmonlar jajji kichkintoylar, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylarni qoʻshaloq ayyom – mustaqillik bayrami bilan qutlab, taʼlim tashkilotida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Zamonaviy uslubda qurilgan ikki qavatli binoda o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa zallari mavjud bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun mashgʻulotlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borilishi rejalashtirilgan. Mazkur ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi natijasida Navbahor mahallasidagi 3-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’limga qamrov darajasi 100 foizga yetdi.
Bog'ot tumani hokimligi matbuot xizmati
Bosh sahifaga qaytish